O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida madaniy hamkorlik kengaytiriladi

12.05.2025 00:00 MARKAZIY OSIYO 12

f981d52b010b39bdd53359f718da5661

O'zbekiston Bosh konsuli Raushanbek Matchanov Abilxan Qasteyev nomidagi Davlat san'at muzeyi direktori Gulayim Jumabekova bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Tomonlar shu yil 1- mart kuni Abilxan Qasteyev nomidagi Davlat san'at muzeyida ochilgan atoqli o'zbek tasviriy san'ati namoyondasi, rassom O'ral Tansiqboyev tavalludining 120 yilligiga bag'ishlangan ko'rgazmani yuqori baholadi. Mazkur ko'rgazmaga Olmaota shahri ahlisi va mehmonlari katta qiziqish bildirmoqda. 1-iyungacha davom etadigan ko'rgazmada O'rol Tansiqboyevning betakror uslubini, ijodiy merosini va milliy rassomchilik taraqqiyotiga qo'shgan hissasini namoyon etuvchi 74 ta asar namoyish etilmoqda.

"O'rol Tansiqboyevning ijodining barcha asosiy bosqichlarini qamrab olgan ushbu ko'rgazma Qozog'iston ziyolilari orasida katta qiziqish uyg'otdi. Bugungi kungacha ko'rgazmaga minglab tomoshobinlar keldi. Biz bundan keyin ham O'zbekiston muzeylari bilan hamkorlik o'rnatishdan manfaatdormiz", – dedi muzey direktori.

Uchrashuv yakunida tomonlar madaniy tadbirlarni birgalikda tashkil etish, O'zbekiston muzeylari bilan sheriklikni yo'lga qo'yishga kelishib oldilar.