Qum terapiyasi va poygalar

01.07.2025 00:00 IPAK YO‘LI 11

Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida, hali hanuz to‘liq o‘rganilmagan, sirli hudud — Qumtog‘ cho‘li joylashgan. 2002-yildan beri bu qurg‘oqchil hudud milliy bog‘ deb e’lon qilingan va yil sayin u yerga sayyohlar, tadqiqotchilar hamda shifo izlovchi insonlar ko‘proq tashrif buyurmoqda.

photo_2025-07-01_16-46-24 (2)

Foto: ipaknews.uz

Qumtog‘ cho‘li 22 800 kvadrat kilometrdan ortiq maydonni egallagan bo‘lib, u dunyodagi eng yirik qum cho‘llaridan biri — Taklamakon cho‘lining bir qismi sanaladi. Uning sharqida tarixiy Dunxuan shahri, shimolda esa Tyanshan tog‘ tizmasi joylashganBu hudud o‘zining o‘ziga xos tabiiy manzarasi bilan ajralib turadi: murakkab labirintlar, qum tepaliklari bu yerda ajoyib manzara yaratadi.

photo_2025-07-01_16-46-23

Foto: ipaknews.uz

Qum tepaliklari va tog‘lar orasida keng vodiy joylashgan bo‘lib, u yerda Altun-Tog‘dan oqib tushadigan soylar oqib o‘tadi. 

Qumtog‘ cho‘lidagi alohida diqqatga sazovor joylardan biri bu tog‘ etaklarida hosil bo‘lgan qum tepaliklar sanaladi — ba’zida ularning balandligi 76 metrga yetadi. Ular shamol ta’sirida doimiy o‘zgarib turadi va tabiatning o‘ziga xos me’morchiligi sifatida ko‘z o‘ngimizda jonlanadi.

photo_2025-07-01_16-49-03

Foto: ipaknews.uz

Bu yerda qumtepalarda avtopoygalar ham o‘tkaziladi.

Cho‘l bugungi kunda faqatgina geografik yoki ekologik jihatlari bilan emas, balki sog‘lomlashtirish turizmi orqali ham mashhurlikka erishmoqda. Bu yer dunyoda shaharga tutashgan yagona cho‘l sifatida tanilgan bo‘lib, aynan shu yerda qum bilan davolash muassasasi mavjud.

photo_2025-07-01_16-46-12

Foto: ipaknews.uz

Yildan-yilga ko‘proq sayyohlar Qumtog‘ga kelib, issiq qumga botib sog‘lig‘ini tiklashga harakat qilmoqda. Bu usul, ya’ni qum terapiyasi bo‘g‘im og‘rig‘i, teri kasalliklari va surunkali charchoq kabi hastaliklarga qarshi foydali hisoblanadi. 

Qumlar ayniqsa kalsiy moddalari bilan boy bo‘lib, ular moddalar almashinuvi va immunitetni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi. 
 

photo_2025-07-01_16-46-15

Foto: ipaknews.uz