Özbekiston Xitoyga aviaqatnovlar sonini oşiradi

Özbekiston Xitoyga aviaqatnovlar sonini oşiradi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ötgan hafta Toşkent şahrida “Markaziy Osiyo — Xitoy” (C5+1) formatida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik böyiça işçi guruhning uçinçi yiğilişi bölib ötdi.

Tadbir doirasida “Havo ipak yöli”ni birgalikda taşkil etiş töğrisidagi bitim ijrosini taʼminlaş, Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy örtasida aviatsiya sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, havo transporti bozorini liberallaştiriş, normativ-huquqiy bazani uyğunlaştiriş, şuningdek, ilğor texnologiyalar va tajribalarni joriy etiş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, fuqaro aviatsiyasi infratuzilmasini rivojlantiriş, parvozlar xavfsizligini taʼminlaş, sohaga “yaşil” va “aqlli” texnologiyalarni keng joriy etiş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş hamda yuqori darajadagi muntazam uçraşuvlar mexanizmini şakllantirişga alohida eʼtibor qaratildi.

Özbekiston va Xitoy aviatsiya maʼmuriyatlari örtasida ötkazilgan muzokaralar yakunida ikki mamlakat örtasidagi muntazam aviaqatnovlar sonini haftasiga 100 tadan 114 tagaça oşiriş huquqi berildi.

Erişilgan kelişuvlarni mustahkamlaş maqsadida tegişli hujjatlar imzolandi.