11
11

Toşkentda yana 4 ta manzilda BRT yölagi quriladi

02.11.2026 14:54 O'zbekiston 4235 ipaknews

Toşkent şahrida yana törtta manzilda avtobuslar uçun alohida ajratilgan yölaklar (BRT) taşkil etiladi. Bu böyiça manzilli röyxat Toşkent şahar hokimining qarori bilan tasdiqlangan.

Uzunligi qariyb 18 km bölgan alohida ajratilgan avtobus yölaklari quyidagi yönalişlarda taşkil etiladi:

• Muqimiy köçasida — 4,6 km;

• Qoratoş – Kökça darvoza köçalarida – 4,2 km;

• Parkent köçasida — 2,8 km;

• Mirzo Uluğbek şohköçasida — 6,3 km.

Qarorga muvofiq, belgilangan köçalardagi quriliş va taʼmirlaş işlariga «Toşkent Invest kompaniyasi» AJ buyurtmaçi etib belgilandi. Kompaniya BRT yölaklarini taşkil etiş loyihalarini işlab çiqiş, boş loyihaçi va boş pudrat taşkilotlarini, şuningdek, texnik nazorat xizmatlarini körsatuvçi taşkilot yoki muhandis-maslahatçilarni belgilaş işlarini taşkil etadi.

Loyihalarni amalga oşiriş uçun zarur mablağlar tijorat banklari kreditlari, Toşkent şahar hokimligining Yöl va transport infratuzilmasini rivojlantiriş jamğarmasi hamda Toşkent şahrini rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan moliyalaştiriladi.

Bundan taşqari, buyurtmaçining xarajatlari va loyiha hujjatlarini işlab çiqiş uçun Toşkent şahrini rivojlantiriş jamğarmasidan dastlabki 6,5 mlrd söm ajratiş belgilangan. Loyihalar va xaridlar samaradorligini oşiriş markazining ijobiy xulosasi asosida mablağlar qayta hisob-kitob qilinadi. Dastlab ajratilgan mablağlarning işlatilmay qolgan qismi jamğarmaga qaytariladi.

Qarorda quriliş va taʼmirlaş işlaridan oldin muhandislik tarmoqlarini taʼmirlaş yoki boşqa hududga köçiriş, quduqlar va muhandislik kommunikatsiyalarini taʼmirlaş xarajatlarini esa ularni balansda saqlovçi taşkilotlar öz mablağlari hisobidan qoplaşi belgilangan.

Şuningdek, işlar davomida avtomobil yöllarida tirbandliklarning oldini oliş va harakat xavfsizligini taʼminlaş vazifasi masʼul mutasaddilar hamda içki işlar organlari zimmasiga yuklatilgan. Zarur hollarda yöllarda avtomobil harakati vaqtinça çeklanişi mumkin.