11
11

Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qoʻyildi

Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida bugun, 21-oktyabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi hamda Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Gallery 1
Gallery 2
Gallery 3
Gallery 4
Gallery 5
Gallery 6
Gallery 7


Tadbir davomida soʻz mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qoʻyildi. Soʻnggi yillarda oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi mustahkamlanganligi taʼkidlandi. Alisher Navoiyning oʻzbek tili rivojiga qoʻshgan hissasi, oʻzbek tiliga boʻlgan eʼtibori, mashhur “Xamsa” asaridagi besh doston qahramonlari yodga olinib, shoirning ruboiy va gʻazallaridan namunalar oʻqildi.

Gallery 1
Gallery 2
Gallery 3
Gallery 4
Gallery 5
Gallery 6
Gallery 7


Tadbir ishtirokchilari oʻzbek tilining uzoq tarixga ega ekanligi, hazrat Navoiy «Tilga eʼtibor-elga eʼtibor» iborasi ila oʻzbek tilidan faxrlanishga undashi, ana shu tilda «Xamsa»ni bitib, oʻzbek tiliga asos solganini faxr va ehtirom ila tilga oldilar.