11
11

Suv resurslarini muhofaza qilish yo‘lida

30.09.2026 19:00 Video 4756

Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon ekologiya va geografiya instituti ilmiy xodimi Lin Xunbo 20 yildan ortiq vaqt davomida Tarim havzasi ekologiyasi bilan shug‘ullanib, daryo, suv resurslari va uning bo‘ylaridagi o‘simliklar holatini o‘rganmoqda.

2006 yilda u ilmiy rahbari bilan birga ilk bor Tarim daryosining quyi oqimiga yo‘l oldi. O‘sha paytda ayrim hududlarda daryo o‘zani qurib qolgan, to‘rang‘a o‘rmonlarining katta qismi esa yomon holatda edi. Shundan buyon olim daryo ekotizimini saqlash va suvni oqilona taqsimlash masalalari bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Uning faoliyat yo‘nalishlaridan biri — daryo o‘zanida zarur suv sathini saqlab turish imkonini beruvchi ekologik suv chiqarish tizimidir. Tarim bo‘ylab suv berilishini tartibga soluvchi o‘nlab gidrotexnik inshootlar joylashgan. Suv resurslarini yanada aniq taqsimlash orqali suvning bir qismini qishloq xo‘jaligi, sanoat va boshqa ehtiyojlarga yo‘naltirish imkoniyati yaratilmoqda.

To‘rang‘a o‘rmonlari daryo bo‘ylab ming kilometrdan ortiq masofaga cho‘zilgan. O‘simliklar joylashgan turli hududlar uchun turli sug‘orish rejimlari qo‘llanadi. Bu cheklangan suv resurslaridan yanada samarali foydalanish imkonini beradi.

Olim Shinjon bo‘yicha Xitoy Demokratik Ligasi qo‘mitasi a’zosi sifatida ekologik siyosat bo‘yicha takliflar tayyorlashda ham ishtirok etadi. Uning faoliyati ko‘p yillik kuzatuvlar va ilmiy ma’lumotlarga asoslangan bo‘lib, ulardan Tarim havzasidagi suv resurslari va ekotizimlarni muhofaza qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda foydalaniladi.