Taxtakoʻpirda Shinjon tajribasi asosida ozuqa yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi.
Moʻgʻuliston, Turkiya, Xitoy va Avstraliyadan 5 ming bosh qoʻy-echki olib kelinib, Qoraqalpogʻiston sharoitida koʻpaytiriladi. Buning uchun bir oyda 1 ming gektar yerni belgilab berish topshirildi.
Yil yakunigacha 10-15 ming gektarda loyihalarni shakllantirib, bir yil ichida 100 ming bosh qoʻy-echki boqishni yoʻlga qoʻyish vazifasi belgilandi.
Prezidentimiz kecha “Kegeyli naslli parranda” korxonasi faoliyati bilan tanishganini qayd etdi. Tadbirkorni qoʻllab-quvvatlab, bir yil ichida parranda yetishtirish quvvatini 2-3 karra oshirish va korxonani xoldingga aylantirish topshirildi. Zarur mablagʻ masalasi hal qilinadi.
Kegeylidagi texnikumda parranda yetishtirishni oʻrgatadigan kurslar tashkil etiladi.