Minskka rasmiy tashrif doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko norasmiy uchrashuv oʻtkazdilar.
Belarus yetakchisi davlatimiz rahbarini samimiy qutlab, tashrif uchun minnatdorlik bildirdi. Prezidentlar boʻlajak muzokaralar kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar.
Tashrif arafasida boʻlib oʻtgan tadbirlar, shu jumladan, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokidagi Hududlararo forum yakunlari yuqori baholandi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 9-iyul kuni boʻlib oʻtadi. Mustaqillik saroyida Oʻzbekiston va Belarus yetakchilari muzokara oʻtkazadi.