Bugun, 8-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan ushbu mamlakatga tashrif buyurdi.







Xasan Paydoyev olgan suratlar.
Belarus poytaxtining xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Belarus Respublikasi Bosh vaziri Aleksandr Turchin, tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.







Xasan Paydoyev olgan suratlar.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.







Xasan Paydoyev olgan suratlar.
Tashrif dasturiga muvofiq, 9-iyul kuni oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Minsk shahriga kelgach, Gʻalaba monumenti poyiga gulchambar qoʻydi.






Xasan Paydoyev olgan suratlar.
Harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul askarlari tantanali ravishda yurib oʻtdi.




Xasan Paydoyev olgan suratlar.
Tashrifning asosiy tadbirlari 9-iyul kuni boʻlib oʻtadi. Mustaqillik saroyida Oʻzbekiston va Belarus yetakchilari muzokara oʻtkazadilar.