Oʻzbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni qariyb 5 mlnga yetdi

22.06.2026 15:00 O'zbekiston 3619 ipaknews.uz

2026-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 903,1 mingta avtotransport vositalari roʻyxatga olingan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Mavjud avtotransport vositalarining asosiy qismini yengil avtomobillar tashkil etib, ularning jamiga nisbatan ulushi 92,8 foizga yetgan.

Jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:

  • yengil avtomobillar – 4 552,3 ming dona;

  • yuk avtomobillari – 330,3 ming dona;

  • mikroavtobuslar – 7,5 ming dona;

  • maxsus transport vositalari – 7,2 ming dona;

  • avtobuslar – 5,8 ming dona.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning mos davriga nisbatan avtomobillar soni 344,6 mingtaga oshgan.