Aholi murojaatlari va huquqiy targʻibot masalalari muhokama qilindi

20.06.2026 16:00 O'zbekiston 3230 ipaknews.uz

Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Odiljon Mamatkarimov Namangan viloyatiga tashrifi doirasida aholi bilan uchrashuvlar va sayyor qabullarda ishtirok etdi.

Dastlab senator ishtirokida Senatning 16-yalpi majlisida maʼqullangan qonunlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Shundan soʻng Uychi tumanida sayyor qabul tashkil etilib, unda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Qabul davomida “Ittifoq”, “Gʻayrat”, “Boyagʻon” va “Olmurut” mahallalari aholisi bilan muloqot oʻtkazilib, kommunal xizmatlar, bandlik, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va huquqiy masalalar yuzasidan 50 ga yaqin murojaat va takliflar koʻrib chiqildi.

Murojaatlarning bir qismi joyida hal etilib, qoʻshimcha oʻrganish talab etuvchi masalalar tegishli tartibda nazoratga olinib, masʼul tashkilotlarga yuborildi.