Namanganda firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs qoʻlga olindi

Namanganda firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, shu yilning 6-iyun kuni oʻtkazilgan “Qidiruv” tadbirlari davomida, Davlatobod tumani “Tadbirkor” mahallasida yashovchi 2005-yilda tugʻilgan fuqaro R.X. ushlangan.

Ushbu shaxs Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvga berilgan boʻlgan. U Namangan viloyati IIB xodimlari tomonidan Davlatobod tumani “Yuksalish” mahallasi hududidan ushlanib, viloyat IIB VSʼHga joylashtirilgan.