Oʻzbekistonda uch oyda havo transportidan 2,3 mln nafar yoʻlovchi foydalangan

19.06.2026 19:53 O'zbekiston 2942 ipaknews.uz

2026-yilning yanvar mart oylarida Oʻzbekistonda havo transporti orqali qariyb 2,3 mln nafar yoʻlovchi tashilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,7 foizga oshgan.

Shuningdek, mazkur davrda havo transporti orqali 24,3 ming tonna yuk tashilgan.