Oliy Majlis Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshladi

13.06.2026 10:20 O'zbekiston 2415 ipaknews.uz

Bugun, 13-iyun kuni, Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshladi.

Unda Senat, hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralarning vakillari, mahalliy Kengashlarning deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.

Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.

Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTube tarmogʻidagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.