Cho‘qqigacha 88 soniya

12.06.2026 10:00 Video 2305

Xitoyda uch yildan buyon tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba Javohir Abdurahmonov Chjanszyatsze shahridagi Ulinyuan milliy bog‘ida joylashgan Baylun liftiga tashrif buyurdi.

Baylun lifti dunyodagi eng baland tashqi liftlardan biri hisoblanadi. U tashrif buyuruvchilarni atigi 88 soniya ichida 326 metr balandlikka olib chiqadi. Ko‘tarilish davomida sayyohlar Chjanszyatszega xos ulkan qoyatoshlar va betakror tabiiy manzaralarni tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladilar. Aynan shu noyob landshaftlar mazkur hududni Xitoy chegaralaridan tashqarida ham mashhur qilgan.

Talabaning ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan sayohat videosi qariyb 690 ming marta tomosha qilindi.

Javohirning so‘zlariga ko‘ra, unda nafaqat hududning go‘zal tabiiy maskanlari, balki sayyohlar uchun shunday ulkan muhandislik inshootini barpo etishga imkon bergan zamonaviy texnologik yechimlar ham katta taassurot qoldirgan.