Huawei kompaniyasi global bozorda taqdim etilgan MatePad Pro Max planshetining Xitoy uchun moʻljallangan yangi versiyasini chiqarishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Mahalliy bozor uchun qurilma yanada kengaytirilgan xotira imkoniyatlari va yangi ranglar palitrasi bilan boyitiladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi modelning asosiy oʻziga xosligi uning xotira sigʻimida namoyon boʻladi. Foydalanuvchilarga 16 GB tezkor xotira (RAM) va 1 TB ichki xotiraga ega variantlar taklif etiladi. Shuningdek, 20 GB tezkor xotiraga ega maxsus Collector’s Edition versiyasi ham taqdim etilishi kutilmoqda. Umuman olganda, planshetning yetti xil xotira konfiguratsiyasi bozorga chiqariladi.
Qurilma dizayni qora, kulrang va oq ranglarda taqdim etiladi. Texnik jihatdan planshet HarmonyOS 6.1 operatsion tizimi hamda yangi T93 yoki Kirin 9030 chipi bilan jihozlanishi mumkin. Huawei ushbu modelni kompaniyaning eng yupqa flagman plansheti sifatida pozitsiyalamoqda.
Insayderlarning taʼkidlashicha, Xitoydagi boshlangʻich narx global versiyaga nisbatan arzonroq boʻladi. Shuningdek, Huawei yaqin kelajakda Mate 70 va Pura 80 turkumidagi yangi smartfonlarini ham taqdim etishni rejalashtirmoqda.