Madaniyat va san‘at bilan tanishish – Shinjonga sayohat qilish uchun o‘ziga xos sabablardan biri sanaladi. Faqat shugina emas.
Xitoy Markaziy radio va televideniyesi tomonidan 2024-yilgi Yangi yil bayramida insonlar e'tiboriga havola etilgan Qashg‘ardagi "Shinjon raqs musiqasi" dasturi butun dunyoga mintaqa qo‘shiq va raqs san'ati go‘zalligini to‘liq namoyon etdi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari “Qo‘shiq va raqslar, go‘zal manzara va mazali taomlar Shinjonga sayohat qilish uchun yana bir sabab bo‘ldi”, deya izohlar qoldirishdi. So‘nggi yillarda Shinjonning adabiy va madaniy hayoti jadal rivojlanib, mintaqa “qo‘shiq va raqslar o‘lkasi” sifatidagi obro‘-e’tiborini tobora mustahkamlamoqda.
Badiiy ijod gullab-yashnamoqda
Shinjonning Qashg‘ar shahrida tashkil etilgan Bahor festivali gala konsertining raqs rejissyori va xoreografi Chjan Peng va Li Mengyu juftligidir.
Ular 2021-yildan boshlab ular “Quyosh ostidagi Merket” va “Bobo samovari” raqs asarlarini yaratib, xalq raqslari yo‘nalishi bo‘yicha milliy “Lotus” mukofotiga sazovor bo‘lishdi. Ularning klassik raqsi "Portretdagi go'zallik" ham “Lotus” mukofotiga loyiq ko‘rildi.
Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan e’lon qilingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, birgina 2023-yilning o‘zida 30 dan ortiq san’at asarlari, jumladan, musiqa va raqs tomoshalari, operettalar va boshqa ijodiy ishlar yaratilgan. Ular orasida xayriya poyezdi hikoyasi asosida suratga olingan “Omadli oltin poyezd” musiqiy filmida anor donalariday birlashgan Shinjondagi turli etnik guruhlarning hayoti manzarali tasvirlangan. “Chegara himoyachilari” musiqiy asari 50 yildan ortiq vaqtdan beri o‘z vatanlari chegarasida xizmat qilib kelayotgan er-xotin Vey Deyu va Lu Szinxao haqida hikoya qiladi. Bu sizning yuragingizga ta'sir qiladigan asar. “Shinjon ajoyib maskan” nomli yirik musiqa va raqs spektakli Madaniyat va turizm vazirligi hamda Shinjon hukumati sa’y-harakatlari bilan yaratilgan.
Xitoyning 5 ta viloyati va munitsipalitetlarida, shuningdek, xorijdagi 6 ta mamlakat va mintaqalarda gastrol chiqishlari muvaffaqiyatli bo‘ldi. Shu tariqa Shinjonning “qo‘shiq va raqslar o‘lkasi” sifatidagi obro‘-e’tibori o‘z chegaralaridan tashqarida ham tarqalmoqda.
Badiiy chiqishlar insonning qalbini tinchlantiradi
Bahor bayramida Tyan-Shanning janubidan shimoliy yon bag‘irlarigacha hamma joyda yangilanish, hayot bilan uyg‘unlik hukmronlik qildi. Bayram kunlari, jumladan, Xitoy Yangi yili va Chiroqlar festivali doirasida Shinjonning shahar va tumanlarida mahalliy rang-baranglik, xalq urf-odatlari va madaniy merosini namoyish qiluvchi 700 dan ortiq ommaviy madaniy tadbirlar tashkil etildi, 3000 dan ko‘proq qishloq kechalari o‘tkazildi.
Shinjon Madaniyat va turizm vazirligi taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilda Shinjonda 62 milliondan ortiq kishi ishtirokida "Tyanshan ustida yulduzlar", maydon raqslari va qishloq kechalari kabi 93 mingdan ortiq ommaviy madaniy tadbirlar oʻtkazildi. Bu Shinjonda xalq hayotini qo‘llab-quvvatlash yoʻlida yuqori sifatli madaniy xizmatlar ko‘rsatish amaliyoti izchil olib borilayotganidan dalolat beradi.
Madaniyat va turizm integratsiyasi muhim ahamiyatga ega
Oʻziga xos badiiy asarlar Shinjon turizm sanoatining madaniy mazmunini boyitadi. Jumladan, Urumchi shahar madaniyat va turizm bo‘limi tomonidan tashkil etilgan “Kunlun vasiyatnomasi” yirik musiqiy spektakli 2023-yilda 131 marotaba namoyish etilgan bo‘lib, turli hududlardan kelgan 65 000 dan ortiq sayyohni jalb qilishga ulgurdi.
So‘nggi yillarda Shinjonda madaniyat va turizm integratsiyasi yangi sur’at oldi. "Qulupnay", "afsonaviy nay" va boshqa musiqa festivallari kabi tadbirlar madaniyat va musiqa rishtalarni bog‘lovchi bo‘g‘inga aylandi.
Shuningdek, “musiqa festivali+” innovatsion shakli orqali madaniyat va turizm integratsiyasiga yangi hayot baxsh etmoqda. 2023-yilda Shinjonda 5600 dan ortiq tijorat spektakllari, jumladan, 120 dan ortiq yirik musiqa festivallari va konsertlar boʻlib oʻtdi. Ma‘lumotlarga ko'ra, o‘tgan yili tijorat namoyishlari 500 million yuandan (70 million dollar) ko‘proq daromad keltirgan.
Shinjon adabiyot va sanʼat uyushmasi raisi Erken Serayning qayd etishicha, Shinjon Ikkinchi madaniyat va sanʼat festivali, Toʻrtinchi Xitoy xalqaro Shinjon sanʼat biennalesi “Ipak yoʻli” qoʻshiq festivali va “Ipak yoʻli” musiqa festivali kabi yirik madaniy tadbirlarni tashkil etish orqali “qoʻshiq va raqs yurti”brendini faol targʻib qilishda davom etadi. Shuningdek, “Loulanning toʻqqiz qoʻshigʻi” musiqiy asari, “Mutkamning ming yillik kitobi” operasi va boshqa musiqiy va teatrlashtirilgan asarlar premyeraga tayyorlanadi. Bu san'atning yangi shakllari va ssenariylarini rivojlantirishga, mahalliy xalq tomonidan seviladigan badiiy asarlarning doimiy ravishda tayyorlanishiga zamin yaratadi.