Xitoy keng va ko‘p qutbli dunyo, shuningdek, ishtirokchi va inklyuziv iqtisodiy globallashuv tarafdori. Ko‘p qutbli dunyo – katta-kichik barcha mamlakatlar teng huquqli, gegemonlik va hokimiyat siyosati rad etilgan, xalqaro munosabatlarda demokratiya targ‘ib qilinadigan dunyodir. Gʻarb esa Xitoyning global super davlatga aylanishidan qo‘rqadi.
Xitoy Xalq Respublikasi rahbariyatining xalqaro maydondagi eng muhim tashabbuslaridan biri insoniyat taqdiri mushtarakligi, u imperialistik globallashuvning Gʻarb modelidan tubdan farq qiladigan taraqqiyot yo‘lini taklif etganidir. Global taraqqiyot, xavfsizlik va sivilizatsiya tashabbusi o‘nlab mamlakatlarda ma’qullangan va bir qator aniq loyihalarni amalga oshirish uchun konseptual asosga ega bo‘lib bormoqda.
Pekinning asosiy tashabbusi “Bir makon va bir yo‘l” loyihasi edi. Dunyoning 150 davlati bu tashabbus ishtirokchisiga aylangan. 10 yil davomida mazkur tashabbus 3 mingdan ortiq qo‘shma loyihalar doirasida qariyb 1 trillion AQSH dollarilik investisiyalarni o‘zlashtirish imkonini berdi. Xitoy shu loyiha doirasidagi mamlakatlar bilan savdo aylanmasini ikki barobarga oshirdi. Jahon banki taxminiga ko‘ra. 2030 yilga borib, tashabbusning rivojlanishi Xitoyga hamkor mamlakatlarda 420 ming ish o‘rni yaratish imkonini beradi.
Xitoy rahbariyatining aholi katta qatlami turmush darajasini oshirishga ustuvor ahamiyat qaratayotgani juda muhim. Mamlakatda o‘ta qashshoqlikka barham berildi. O‘tgan 40 yil ichida 700 milliondan ortiq kishi qashshoqlikdan qutuldi.
Si Szinpin jahon miqyosida Xitoy tanlagan yo‘lning mohiyatini ifoda etar ekan, geosiyosiy o‘yinlar va bloklar qarama-qarshiliklarida qatnashmasligini ta’kidlaydi. U bir tomonlama sanksiyalar va iqtisodiy bosimga qarshi. Bu borada Xitoy va Rossiyaning maqsadlari bir-biriga mos keladi. Olamda yetakchi bo‘lishning yagona yo‘li aks etgan Si Szinpinning “Davlat boshqaruvi haqida”gi kitobi allaqachon dunyoning 24 ta tiliga tarjima qilingan. 160 dan ortiq mamlakat va mintaqalardagi kitob do‘konlariga kirib kelgan. Jumladan, O‘zbekistonga ham. Sayyora xalqlari Xitoy erishgan yutuqlardan xayratlanadilar va bu tajribadan o‘z mamlakatlarida foydalanishni istashadi.
XXR va butun dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi do‘stona hamkorlikning doimiy ravishda kengayib borishi tufayli yuzaga kelgan umumiy kelajakka ega global hamjamiyat konsepsiyasi xalqaro miqyosda qo‘llab-quvvatlanmoqda. 2017 yilda umumiy taqdirlar hamjamiyati tushunchasi BMT Ijtimoiy rivojlanish komissiyasi, Xavfsizlik kengashi va Inson huquqlari bo‘yicha kengashi rezolyusiyalariga kiritilgan.
Si Szinpin Xitoy kommunistik partiyasining 19-Milliy qurultoyidagi ma’ruzasidar shunday deydi: “Biz barcha mamlakatlar xalqini umumiy taqdirga ega insonlar hamjamiyatini barpo etish, toza va go‘zal dunyo yaratish uchun birgalikda harakat qilishga chaqiramiz. Insoniyatning umumiy uyi – Yer sayyorasini samarali himoya qilish zarur!”
Mushtarak taqdirlar hamjamiyatini yaratishning asosiy g‘oyalari jahon taraqqiyotining mutlaqo yangi konsepsiyasini nazarda tutadi. Bu global qadriyatlar tizimi bo‘lib, tenglik va o‘zaro ishonch, axloqiy me’yorlar, manfaatlar umumiyligi, inklyuzivlik va o‘zaro ta’limga asoslangan yangi sivilizatsiya yondoshuvi, hamkorlikka asoslangan yangi xavfsizlik tushunchasi, ekologiya va sog‘lom turmush tarziga asoslangan barqaror rivojlanish, xalqaro tartib va tizimning adolatli hamda oqilona rivojlanishiga ko‘maklashishga asoslangan global boshqaruvni o‘z ichiga oladi. Bu yerda asosiy e’tibor dunyo xalqlarining jamoaviy integratsiya va uzoq muddatli manfaatlariga qaratilgan.
Xitoyning umumiy taqdir hamjamiyatini yaratish bo‘yicha ulug‘vor tashabbusi butun dunyo xalqlariga taalluqlidir. Ushbu konsepsiya davrimizning rivojlanish tendensiyalariga mos keladi. Tinchlik va taraqqiyotga bo‘lgan umumiy intilishni aks ettiradi. Si Szinpin umumiy taqdir hamjamiyatining prisipial muhim tashabbusini ilgari surdi va bu g‘oyaning ro‘yobga chiqishi uchun sa’y-harakatlarni boshqarmoqda. “Bir makon va bir yo‘l”ning birgalikda shakllanishi Xitoyning umumiy kelajakka ega bo‘lgan hamjamiyatni barpo etish imkoniyatlarini izlash orqali dunyoga taqdim etgan muhim jamoat manfaatidir.
Muhammadjon OBIDOV, O‘zbekistonda xazmat ko‘rsatgan jurnalist