2,2 milliard so‘mdan ortiq qarzdorlik undirib berildi

13.03.2024 00:00 O'zbekiston 8

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida  O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatlari asosida 12 ta fermer xo‘jaligida soliq hamda boshqa qarzdorliklarni undirish yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari chog‘ida fermer xo‘jaliklarining “FORTERS” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi klasterdan haqdorligi aniqlandi. O’zbekiston Milliy axborot agentligi  tomonidan e’lon qilingan xabarda ma’lum qilinishicha, fermerlar klasterga tegishli shartnoma asosida g‘alla va paxta xomashyosini topshirgan. Biroq mablag‘lar o‘z vaqtida to‘lab berilmagan.

bc4c749662fbc217e4119ec62282eef3

MIB Sherobod tuman bo‘limi davlat ijrochilari olib borgan majburiy ijro harakatlari chog‘ida klaster hisobidan fermerlar manfaati uchun 1 milliard 500 million so‘m soliq qarzdorligi undirildi.

Shuningdek, tumandagi ikkita fermer xo‘jaligi foydasiga 736 million so‘mga yaqin qarzdorlik undirib berilgan.