Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va uning tojikistonlik hamkasbi Kohir Rasulzoda raisligida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiya rahbarlari so‘nggi yillarda tovar ayirboshlash hajmi o‘sib, 2023-yil 757 million dollarga yetganini qayd etishdi. Ikki mamlakat sanoat kooperatsiyasi, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport va logistika sohalarida qo‘shma loyihalar bo‘yicha ishni faollashtirish orqali yaqin yillarda savdo aylanmasi miqdorini 1 milliard dollarga chiqarish niyati ma’lum qilindi.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston va Tojikiston xalqaro chegara savdo hududi yaratish, chegaradosh viloyatlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini boshqa davlatlarga eksport qilish uchun ulgurji tarqatish markazlari tashkil etishga alohida e’tibor qaratmoqda.