Toshkentdagi «Qo‘yliq» dehqon bozori faoliyati tugatilgani e’lon qilindi

Toshkentdagi «Qo‘yliq» dehqon bozori faoliyati tugatilgani e’lon qilindi

14.03.2024 00:00 O'zbekiston 57

 

Foto: Voice of Tashkent

«Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori» AJ («Qo‘yliq bozori» nomi bilan tanilgan) faoliyati rasman tugatildi. Bu haqdagi ma’lumot Istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ axborot yagona portaliga joylashtirilgan. 

Shuningdek, «Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori» rasmiy sayti 1 mart kuni e’lon qilgan xabarga ko‘ra, bozor faoliyati aksiyadorlarning qaroriga ko‘ra tugatilmoqda. Tugatilayotgan bozor bo‘yicha murojaatlar ikki oy davomida qabul qilinishi ta’kidlanmoqda.