Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida o‘tgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik bokschi WBA kamari uchun rossiyalik Magomed Qurbonovga qarshi ringga ko‘tarilib, shu vaqtgacha yengilmagan raqibini 5-raundda nokautga uchratgan edi. Natijada Isroil Madrimov super yarim o‘rta vaznda jahon chempioniga aylandi.
WBA kamari sohibi Isroil Madrimov bugun, 14 mart kuni O‘zbekistonga qaytib keldi.
Madrimovni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston boks federatsiyasi rasmiylari, OAV vakillari va sportchining yaqinlari tantanali tarzda kutib oldilar.
Tadbir yakunida esa super o‘rta vazn toifasi WBA yo‘nalishida jahon chempioni Isroil Madrimovga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi sifatida «Chevrolet Tahoe» mashinasi topshirildi.