Odam savdosi bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi

14.03.2024 00:00 O'zbekiston 7

Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizim tezkor xodimlari tomonidan navbatdagi odam savdosi bilan bogʻliq holatga chek qoʻyildi.

c465cd472a6b28c773922

IIBB Axborot xizmati tomonidan ma'lum qilinishicha, nazorat tadbiri davomida Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida yashovchi 2002 y.t. “Bonu” taxallusi bilan tanilgan ayol, Toshkent va Xorazm viloyatida yashovchi, ikki nafar tengdoshini daromad topadigan ish topib berishni vaʼda qilib, fohishalik bilan shugʻullantirish maqsadida Rossiya Federatsiyasiga joʻnatayotgan vaqtida viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan ushlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 135-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.