Namangan viloyatida xitoylik investorlar kapitali ishtirokida 4700 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

15.03.2024 00:00 O'zbekiston 6

Joriy yilning yanvar oyida Prezidentimizning Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiya “China Mining (Shanxi) Energy GroupCo.LTD” kompaniyasi bilan 200 million dollar miqdoridagi yirik iqtisodiy kelishuvga erishgandi. Mazkur bitimga muvofiq Chust tumanida mis qazib olish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.

vSb9vZcoJSCeTs5iFQbI9P04uzQeBLAJ_front

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Milliy axborot agentligida e'lon qilingan xabarga ko‘ra mazkur kelishuvni amalga oshirish yuzasidan “China Mining Energy GroupCo.LTD” kompaniyasi ijrochi direktori Lyu Zan, moliyaviy masalalar bo‘yicha direktor Chen Xi va Markaziy Osiyo bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish rahbari Lyu Fangjuan Namangan viloyatiga tashrif buyurib, viloyat rahbari bilan uchrashgan.

Tadbirda loyihani amalga oshirish istiqbollari muhokama qilinib, uning ijrosini ta’minlashda Pop va Chust tumanlarida yetarli miqdorda manbaalar va imkoniyatlar mavjudligini inobatga olib, amaliy harakatlarni boshlashga kelishib olindi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Namangan viloyatida xitoylik investorlar kapitali ishtirokidagi 67 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, 850 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 28 ta loyiha amalga oshirildi va natijada 4700 ta yangi ish o‘rni yaratildi.