Oliy Majlis Senati Raisi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva Nyu-York shahrida “BMT-Ayollar” tuzilmasi direktori Sima Sami Baxus bilan uchrashdi.
enat matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan xabarga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston va “BMT-Ayollar” tuzilmasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xususan, ushbu tashkilotning mamlakatimizdagi faoliyatini yana-da faollashtirish, gender tenglikni taʼminlash sohasidagi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish kabi masalalar muhokama qiligan.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi “BMT-Ayollar” tuzilmasining butun dunyoda gender tenglikka erishish va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha 2022–2025 yillarga mo‘ljallangan strategik rejasiga hamohangligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Sima Sami Baxus BMT-Ayollar tashkiloti O‘zbekistonni mintaqadagi asosiy hamkor deb bilishi, mamlakatdagi keng ko‘lamli o‘zgarishlar hamda BRMni amalga oshirishda faol hamkorlik qilishga tayyor ekanligini qayd etdi. Tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashda xotin-qizlarning ishtiroki masalalarida Toshkentning muhim roli eʼtiborga olinib, Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti doirasida O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorlik bildirildi.
Suhbat yakunida O‘zbekiston va “BMT-ayollar” tuzilmasi bilan amaliy loyihalarni tatbiq etgan holda hamkorlikni yana-da kuchaytirishga kelishib olingan.