Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Vyetnamga tashrif buyurdi

18.03.2024 00:00 O'zbekiston 7

"O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Vyetnam poytaxti Xanoy shahriga keldi, — deya xabar qildi vazirning matbuot kotibi Axror Burxanov.

1710736776978_1jpg

Ma'lumotlarga ko‘ra, kun tartibidan qator tashkilotlar rahbarlari bilan muzokaralar va uchrashuvlar hamda O'zbekiston-Vyetnam biznes-forumi o'rin olgan.

Qayd etish kerak, bu mamlakatlarimiz o'rtasida 1992-yilda diplomatik aloqalar o'rnatilganidan beri O'zbekiston tashqi ishlar vazirining Vyetnamga ilk tashrifi sanaladi.

Vyetnam TIV ma'lumotiga ko'ra, tashrif doirasida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri mamlakat oliy rahbariyati bilan uchrashadi, tashqi ishlar vaziri Buy Txan Son bilan muzokaralar o'tkazadi, shuningdek, vazirlik va idoralar rahbarlari bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.