Haydovchilik guvohnomasini imtihonsiz olib bermoqchi bo‘lgan avtomaktab qo‘riqchisi ushlandi

18.03.2024 00:00 O'zbekiston 6

Samarqand viloyatida xususiy avtomaktab yo‘riqchisi 44 yoshli U.O. 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari orqali imtihonsiz haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

UUSKkUp6QB6GIXqZ2Chr9bevg4Oh_zX_

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda U.O. fuqarolardan bu qing‘ir ish evaziga 750 AQSh dollari va 1,2 mln so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, uch nafar fuqaroning haydovchilik guvohnomasi muqaddam spirtli ichimlik ichib mashina boshqargani uchun bekor qilingan bo‘lgan.

Ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.