O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Xanoy shahrida Vyetnam tashqi ishlar vaziri Buy Txan Shon bilan muzokaralar o'tkazdi.
Foto: Dunyo AA.
"Bugun Xanoy shahrida delegatsiyamiz samimiy kutib olingani uchun Vyetnam tashqi ishlar vaziri Buy Txan Shon janoblariga minnatdorlik bildiramiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Ishonchimiz komilki, O'zbekiston va Vyetnam tashqi ishlar vazirliklari ikki tomonlama munosabatlarimizdagi ulkan salohiyatni ro'yobga chiqarish uchun yaqindan hamkorlik qiladi. Uchrashuvimiz kun tartibi keng bo'lib, ko'plab mavzularni qamrab oldi. Boshqa yo'nalishlar qatorida biz iqtisodiy diplomatiyada ulkan imkoniyatlar mavjudligini qayd etdik" deya qayd etgan Baxtiyor Saidov.
Qayd etish kerak, 18-mart kuni tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasining Vyetnamga tashrif buyurgan edi.