Muloqot chog'ida Bosh konsullik okrugi hududlaridagi o'zbek milliy markazlari bilan hamkorlikni faollashtirish, ular ishtirokida turli tadbirlarni o'tkazish masalalari muhokama qilindi deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Tadbir davomida Berdigul Karayev Assambleya faoliyati haqida to'liq so'zlab berdi. Ta'kidlanishicha, Assambleya xalq diplomatiyasi mexanizmidan foydalangan holda, Qirg'izistonda yashayotgan turli millat vakillari orasida tinch va farovon hayotni asrash, xorijiy mamlakatlar bilan do'stona munosabatlar va madaniy-ma'rifiy aloqalarni rivojlantirishga hissa qo'shmoqda. "O'sh viloyatida 13 ta milliy markazlar faoliyat yuritadi. Ular orasida O'zbek milliy markazi har jabhada boshqalarga o'rnak bo'lmoqda", dedi boshqarma rahbari.
Uchrashuv yakunida Qirg'iziston Xalqlar Assambleyasining O'sh viloyati boshqarmasi va O'zbekistonning tegishli tashkilotlari o'rtasida hamkorlik memorandumini imzolash, joriy yilning iyul oyida Qirg'iziston Xalqlar Assambleyasining O'sh viloyati boshqarmasi va O'zbek milliy markazi vakillaridan iborat delegatsiyaning yurtimizga safarini tashkil etish va boshqa masalalar yuzasidan kelishib olingan.