“Do‘st O‘zbekiston xalqiga baxt va farovonlik tilayman!”

22.03.2024 00:00 O'zbekiston 5

Qadimiy bayram – Navro‘zi olam munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblaridan samimiy tabriklar kelmoqda deya xabar qildi  Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘z tabrigida Xitoy taqvimi bo‘yicha Yangi yil munosabati bilan O‘zbekiston Prezidentining tabrik maktubi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Xitoy hukumati va Xitoy xalqi nomidan hamda shaxsan o‘z nomidan Shavkat Mirziyoyevga va O‘zbekiston xalqiga an’anaviy bayram – Navro‘z munosabati bilan samimiy tabriklarimni izhor etdi.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi O‘zbekiston rahbarining Yaqinda Xitoyga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida sermazmun va samarali muzokaralar o‘tkazilganini, ikki mamlakat o‘rtasida barcha sharoitda har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish va Xitoy-O‘zbekiston umumiy taqdir hamjamiyatini yuksak ishonch bilan barpo etilishi e’lon qilinganini, bu esa ikki davlatning turli sohalardagi hamkorligi uchun yangi tarixiy imkoniyatlarni ochishiga urg‘e berdi.

si_czinpin_pozdravlenie_navruz

Rasm: President.uz

“Men Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qarataman va xalqlarimiz an’anaviy do‘stligini mustahkamlash, Xitoy-O‘zbekiston umumiy taqdir hamjamiyatini barpo etishni katta amaliy mazmun bilan boyitish sari davlatlarimiz modernizatsiyasiga ko‘maklashish maqsadida ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish borasida Siz bilan birgalikda ishlashga tayyorman.”, — deyiladi tabrikda.

“Sizga mustahkam sog‘lik va faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, do‘st O‘zbekiston xalqiga baxt-saodat va farovonlik tilayman”, — dedi Si Szinpin.

O‘zbekiston Prezidenti nomiga  shuningdek, AQSh, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, BAA, Eron, Pokiston kabi davlatlar rahbarlari, Turkiy davlatlar tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotiblaridan ham tabriklar keldi.