Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi

25.03.2024 00:00 O'zbekiston 6

 

Bugun, 25-mart kuni Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

2eRwgT16964189940006_lg

foto: Prezident matbuot xizmati

Xabarda aytilishicha, prezident iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechiradi va yirik energetika obyektlari qurilishini boshlab beradi, mahallalar hayoti bilan tanishadi. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi vazifalari belgilab beriladi.

Shuningdek, iftorlik dasturxoni yozilishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga oxirgi marta 2023-yilning fevralida borgan edi. O‘shanda davlat rahbari Davlatobod tumanidagi “Fazman tekstil” korxonasi faoliyati bilan tanishgan, Namangan shahrida biznes vakillari, tadbirkorlar bilan muloqot qilgan edi.