“Toshkent shahrida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
foto:Getty Image
Toshkent shahri Yangihayot tumanida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi (MSZ) tashkil etiladi. MSZ faoliyati davomida uning ishtirokchilariga maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi.
MSZni boshqarish uchun masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “Yangi avlod” boshqaruvchi kompaniyasi tashkil etiladi. “Yangi avlod” MSZ hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari boshqaruvchi kompaniya tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga beriladi.
MSZ hududida 2025-yil yakunigacha 1,5 milliard AQSH dollari miqdorigacha to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari o‘zlashtirilishi, natijada 2,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi taʼminlanadi.
Avvalroq, 664,5 gektar maydonni egallaydigan sanoat zonasi hududida yaqin yillarda 1,5 milliard dollar miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini o‘zlashtirish, 2,5 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratish, yiliga 1 trillion so‘mdan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va 5 million dollar miqdorida eksport amalga oshirish rejalashtirilayotgani aytilgandi.