Toshkentda 26-martdan isitish mavsumi yakunlanadi

25.03.2024 00:00 O'zbekiston 5

 

O‘rtacha sutkalik harorat +10 darajadan yuqori bo‘layotgani sababli 26-martdan Toshkent shahrida isitish mavsumi yakunlanadi.

NINTCHDBPICT000550545538

foto:Getty Image

26-martdan Toshkent shahrida markaziy isitish tizimi o‘chiriladi, deb xabar berdi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Hokimlikning eslatishicha, isitish davri o‘rtacha kunlik harorat 8 darajadan yuqori bo‘lgan besh kunlik muddat tugagandan keyingi kuni tugatiladi.

“Shundan kelib chiqib, Toshkent shahri Gidrometeorologiya markazi ma’lumotlari hamda o‘rtacha kunlik havo harorati ayni paytda 10 darajadan yuqori bo‘lishini inobatga olgan holda 26-martdan mavsumini yakunlash rejalashtirilayotganini ma’lum qilamiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.