O'zgidromet direktori Sh.Khabibullayev o'zining Facebook sahifasida joriy yilning 26-30-mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lib, maqaldiroq bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
foto:Uzreport
26-28-mart kunlari shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, joriy yilning 26-31-mart kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.
Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.