O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Qozog'iston elchisini qabul qildi

25.03.2024 00:00 O'zbekiston 8

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Qozog'iston elchisi Beybut Atamkulovni qabul qildi.

1711373821167_1png

"Qozog'iston Elchisi Beybut Atamkulov janoblarini qabul qilishdan mamnunmiz, — deya qayd etgan Baxtiyor Saidov o'zining telegram kanalida. — O'zbekiston bilan Qozog'iston o'rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirish, o'zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish yuzasidan fikr almashdik" deya qo‘shimcha qilgan vazir.