Hukumat qarori bilan Toshkent shahri va viloyatlar binolaridagi 160 ga yaqin mozaik pannolar Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritildi. Bungacha ko‘plab mozaikalar bo‘yab tashlangan, qolganlari reklama bannerlari bilan qoplangan edi.
foto: Yevgeniy Sorochin
Vazirlar Mahkamasining 25-martdagi qarori bilan Toshkent shahri va respublika viloyatlaridagi 157 ga yaqin mozaik panno monumental san’at yodgorliklari sifatida Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritildi.
Avvalroq 2023-yil avgust oyida Madaniy meros agentligining ilmiy-ekspertlik kengashi tomonidan 161 ta mozaika va pannolar ro‘yxati milliy ro‘yxatga kiritish uchun tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi.
Qarorda reyestrni to‘ldirishdan ko‘zlangan maqsad mozaika, panno va tasviriy san’at asarlarini har tomonlama o‘rganish, asrab-avaylash va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, ularning mamlakat turizm salohiyatini rivojlantirishdagi rolini oshirishdan iborat ekani yozilgan.
Ro‘yxatdagi mozaikalar davlat kadastriga kiritiladi. obyektlarning kadastr hujjatlariga ularning madaniy qiymati borligi to‘g‘risidagi yozuv qo‘shiladi.Bundan buyon ro‘yxatga kiritilgan obyektlar mavjud binolarda, ularning muhofaza tegralari va tutash hududlarida rejalashtirilgan qurilish ishlari bilan bog‘liq har qanday faoliyat turi Madaniy meros agentligi bilan kelishilishi kerak.