O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2023-yil 26-apreldagi «Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Toshkent shahridan Qamchiq dovoni orqali Farg‘ona vodiysi viloyatlariga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi. Bu haqida O‘zbekiston milliy axborot agentligi veb saytida xabar qilindi.
Rasm: Norma.uz
Qayd etilishicha, ayni maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qaroriga muvofiq shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi ochiq tender tanlovlari o‘tkaziladi. Bu borada batafsil ma'lumotlar www.e-tender.uztrans.uz saytiga joylashtirib borilishi ma'lum qilingan.