Murotjon Azimov Xitoyning Xefey shahri delegatsiyasini qabul qildi

28.03.2024 00:00 O'zbekiston 5


 Bugun Qashqadaryo viloyati hokimi Xitoyning Anxoy provinsiyasi (viloyati) Xefey shahri partiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Lu Szun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 

+

foto:Ahror Sodiqov
 

 Muloqot davomida 2023-yil Qarshi shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekiston (Qashqadaryo) – Xitoy (Anxoy) biznes-forumi” doirasida Anxoy provinsiyasi gubernatori Van Sinsan boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi har ikki tomon tadbirkorlarining katta yutug‘i bo‘lgani bugun o‘z isbotini topayotgani e’tirof etildi. Jumladan, "Winall" kompaniyasi Qarshi shahrida filial tashkil etib, ular taklif qilgan paxta urug‘ini butun respublikamiz bo‘ylab ekish rejalashtirilgan. 

photo_2024-03-28_15-16-14

foto:Ahror Sodiqov
 
 Bundan tashqari, joriy yilning yanvar oyi Xitoyda o‘tkazilgan "O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi"da Qarshi shahri va Xefey shahri o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolangan edi. Kecha ham Qarshi shahri hokimi bilan muloqotlar jarayonida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha shaharlar o‘rtasida memorandum imzolandi. 

photo_2024-03-28_15-16-11

foto:Ahror Sodiqov
 
 Bugungi muloqot davomida ham Murotjon Azimov va Lu Szun boshchiligidagi mas’ullar hamda ishbilarmon doira vakillari Qarshi shahridagi erkin iqtisodiy zonada lotlarni ichara asosida sotib olib, Xefey shahri sanoat zonasi filialini tashkil etish, savdo-iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati masalalarida muzokaralar olib borildi. 
 

photo_2024-03-28_15-16-10

foto:Ahror Sodiqov


 Ma’lumot uchun, Xefey shahri Anxoy provinsiyasi markazi hisoblanib, Xitoyning 20 ta iqtisodiy jihatdan yirik shaharlari ro‘yxatiga kiradi. Qayd etilishicha, shaharda asosan mashinasozlik, maishiy elektrotexnika, metallurgiya, kimyo, tekstil, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari sanoati rivojlangan.