O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belgiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Anri Vantigemdan ishonch yorlig‘ini qabul qildi. Bu haqida vazirlik matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, muloqot chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga o‘zaro tayyorlik qayd etildi. O‘zbekiston va Belgiya kompaniyalari o‘rtasida yaqin aloqa o‘rnatish va o‘zaro sa’y-harakatni jadallashtirish zarurligi ma’qullangan