O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Xitoyning Sichuan provinsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi

28.03.2024 00:00 O'zbekiston 6

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Bobur Usmanov Xitoy Xalq Respublikasi Sichuan provinsiyasi gubernatori o'rinbosari Szou Yunsyan bilan uchrashdi. Bu haqida "Dunyo" axborot agentligi tomonidan ma'lum qilindi.

1711636760907_1jpg

"Dunyo" AA olgan surat

Xabarga ko‘ra, muzokaralar chog'ida O'zbekistonning Xitoy, xususan, Sichuan provinsiyasi bilan hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Hududlararo aloqalarni chuqurlashtirish hamda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm, ta'lim va boshqa sohalardagi hamkorlik uchun mavjud salmoqli salohiyatdan foydalanish istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi.

Avtomobilsozlik, "yashil" energiya va "aqlli" qishloq xo'jaligi sohalarida qo'shma loyihalarni amalga oshirishdan o'zaro manfaatdorlik bildirildi.