Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashish reytingi e’lon qilindi

29.03.2024 00:00 O'zbekiston 5

Tog‘-kon vazirligi, Markaziy bank, Texnik tartibga solish agentligi, “O‘zkimyosanoat” va “O‘zbekneftgaz” korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 100 baldan 90 va undan yuqori ball to‘pladi. Surxondaryo va Andijon viloyat hokimliklari ketma-ket ikkinchi yil “qoniqarsiz” baho oldi. O‘zenergoinspeksiya, Kinematografiya agentligi va Suv xo‘jaligi inspeksiyasi 10 ball ham to‘play olmadi.

photo_2024-03-28_18-01-04

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi reytingini e’lon qildi.

2023 yil natijalari bo‘yicha 95 ta davlat tashkiloti (shundan 36 tasi ilk marta, qolgan 59 tasi takroran) baholashdan o‘tkazilgan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholandi.

42 ta tashkilot faoliyati samaradorligi “yaxshi” (81-100 ball), 38 ta tashkilot “qoniqarli” (55-80 ball) va 15 ta tashkilot “qoniqarsiz” (55 balldan past) toifalarga ajratildi.