O‘zbekistonga 2024-yilda Qozog‘iston orqali Rossiya gazini yetkazib berish hajmi 2023-yilga nisbatan qariyb uch barobar ortadi. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vazirligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
foto: “RIA Novosti”
“Gazprom” va Qozog‘iston hukumati o‘rtasida imzolangan strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida Rossiya gazining O‘zbekistonga yillik tashish hajmini 2023-yildagi 1,28 milliard kub metrdan 2024-yilda 3,8 milliard kub metrga oshirish belgilandi, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston hukumatining “2024-yil I choragiga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2024—2030-yillarda magistral gaz quvurlarini modernizatsiya qilish dasturi birinchi bosqichida 500 million dollar ajratish rejalashtirilgan. Shu orqali tabiiy gaz qabul qilishni kuniga 32 million kub metrgacha oshirish ko‘zda tutilgan.