O'zbekiston elchisi O'mon Bosh vazirining o'rinbosari bilan ikki tomonlama hamkorlikni jadallashtirish istiqbollarini muhokama qildi

29.03.2024 00:00 O'zbekiston 4

O'zbekiston elchisi Abdusalom Xatamov O'mon Bosh vazirining mudofaa ishlari bo'yicha o'rinbosari Said Shixob bin Toriq Ol Said bilan uchrashdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi ma'lum qildi.

1711694102345_021png

Surat: "Dunyo" AA

Xabarda qayd etilishicha, uchrashuvda O'zbekiston va O'mon o'rtasidagi hamkorlikning holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

O'mon tomoniga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, xorijiy mamlakatlar, xususan Ko'rfaz arab davlatlari bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma'lumot berildi.

Muloqotda ikki tomonlama aloqalarning rivojlanishiga muhim rol o'ynovchi to'g'ridan-to'g'ri havo qatnovlarini qayta tiklash masalalariga ham e'tibor qaratildi.

Said Shixob bin Toriq Ol Said O'zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan islohotlarni diqqat bilan kuzatib borayotganini va ularni yuqori baholashini ta'kidladi.