Toshkent hayvonot bog‘iga kirish narxlari o‘zgardi

03.04.2024 00:00 O'zbekiston 8

Toshkent hayvonot bog‘i matbuot xizmatining xabar berishicha, hayvonot bog‘ida hayvonlarni parvarishlash va davolash xarajatlari o‘sishi munosabati bilan 2-apreldan kirish chiptalari narxlari oshirildi.

jIs9Vj1aGY2J4DRQt0Ih3ANU4kTQqelZ_front

Surat: Uza.uz

O‘zbekiston milliy axborot agentligi xabarida ma'lum qilinishicha, endilikda kirish chiptalarining narxi quyidagicha bo‘ladi:  

— 7 yoshdan 16 yoshgacha bolalar uchun — 25 ming so‘m (avval 20 ming so‘m),  

—16 yoshdan kattalar uchun — 40 ming so‘m (35),  

—Nafaqadagi fuqarolar uchun — 25 ming so‘m (20),  

—Xizmatini o‘tayotgan harbiylar uchun — 25 ming so‘m (20),  

—Imkoniyati cheklangan shaxslar va 7 yoshdan kichik bolalar uchun — bepul.  

Bu, shuningdek, chorva yemi narxining oshishi, kommunal xizmatlar (elektr energiyasi, gaz, suv) narxining oshib ketishining o‘rnini qoplash va hayvonlarni parvarish qilishni yuqori darajada saqlash zarurati bilan bog‘liq.