Migratsiya agentligi direktori bir vaqtning oʻzida Bandlik vaziri oʻrinbosari boʻladi
foto:Migrasiya agentligi
Bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi davlat muassasasi shaklida boshqaruv organiga aylanadi. Agentlik direktori bir vaqtning oʻzida Bandlik vaziri oʻrinbosari boʻladi. U mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini ham boshqaradi.