Masjidlarda oʻgʻirlik qilib yurgan shaxs qoʻlga olindi

03.04.2024 00:00 O'zbekiston 6

Toshkent shahridagi masjidlarda oʻgʻirlik qilib yurgan shaxs qoʻlga olinib, 6 yilga qamaldi

photo_2024-04-03_09-55-35 

foto:UzA

Toshkent shahar JIB Chilonzor tuman sudi tomonidan fuqaro I.O. ga nisbatan sud ishi koʻrib chiqildi.  

Fuqaro I.O Toshkentdagi “Abu-saxiy” savdo markazida joylashgan jome masjidi tahoratxonasidagi kiyim qoʻyish joyida turgan kurtkalardan birining choʻntagidagi 60 ming soʻm va “Samsung A24” rusumli telefon apparatini oʻgʻirlab, voqea joyini tark etgan.

Boshqa kuni esa Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidi tahoratxonasiga kirib, “Samsung A23” telefon apparatini “qoʻlga kiritgan”.

Sud hukmiga koʻra, I.O. ga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.