Xitoy Xalq banki o‘zbek oltinining eng yirik xaridori bo‘ldi

04.04.2024 00:00 O'zbekiston 6

O‘zbekiston fevral oyida oltin sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi

Fevral oyida O‘zbekiston 12 tonna qimmatbaho metall sotgan holda dunyoda eng ko‘p oltin sotuvchiga aylandi. 2023-yilda mamlakat oltin sotish bo‘yicha ikkinchi bo‘lgandi.

videt-vo-sne-mnogo-zolota-tolkovanie-snovideniya

foto:Google Image

Fevral oyida O‘zbekiston oltin savdosi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda Jahon oltin kengashi (World Gold Council).

Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, fevral oyida jahon markaziy banklarining oltin zaxiralari 19 tonnaga oshgan. Ammo qimmatbaho metallarni xarid qilish hajmi yanvar oyiga (45 tonna) nisbatan 58 foizga kamaygan. Yillik hisobda markaziy banklar yanvar va fevral oylarida oltin zahiralarining 64 tonnaga oshgani haqida xabar berdi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 43 foizga kam, lekin 2022-yilga nisbatan to‘rt baravar yuqori hisoblanadi.

Bu oyda Xitoy Xalq banki eng yirik xaridor bo‘ldi — oltin zaxirasini 12 tonnaga oshirib, 2257 tonnaga yetkazdi. Fevralni ham qo‘shib hisoblaganda, XXBning oltin zaxiralari, oltinning umumiy zaxiradagi ulushi 4 foiz atrofida saqlanib qolayotgan bo‘lsa-da, ketma-ket 16 oy davomida o‘sib bordi.