Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-tur bahslari boshlandi.

05.04.2024 00:00 O'zbekiston 4

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-tur bahslari boshlandi. Uning doirasidagi dastlabki uchrashuvda “Lokomotiv” o‘z maydonida “Andijon”ni qabul qildi. Bahs kutilganidek hujumkor ruhda kechdi. 

photo_2024-04-04_20-11-04

O‘zbekiston Professional futbol ligasi veb saytidan olingan surat

Uchrashuvning 34 daqiqasidayoq hisob ochilishi mumkin edi. Mehmonlar vakili Bektemir Abdumannonov qulay imkoniyatga ega bo‘lib darvozabon bilan to‘qnashib ketdi. Ayni vaziyatda hakam qo‘pollik ishlatilgan deb topib penalti belgiladi. VARda vaziyat ko‘rilgach qaror o‘zgartirildi. 

Birinchi taym yakuni arafasida burgutlar yana golga yaqin kelishdi. Ammo Sherzod Esanovning xavfli zarbasini  “Lokomotiv” davrozaboni qaytardi. Shunday qilib dastlabki bo‘limda hisob ochilmadi.
Uchrashuvning 54-daqiqasida mehmonlar standart vaziyatga ega bo‘lishdi. Qanotdan Bektemir Abdumannonovning uzatmasini esa himoyachi Islom Mamatkazin boshi bilan darvozaga yo‘llab hisoni ochishga erishdi. 

57 daqiqada maydon egalari golga yaqin kelishdi. Jarima zarbasidan so‘ng himoyachilar vaziyatni bartaraf etgandek edi ammo to‘p Damyan Krayishnik kelib tushdi. Uning zarbasini esa darvozabon katta qiyinchilik bilan qaytardi.

70-daqiqada hujum natijasida Andijonlik futbolchilar yana gol urishga erishishdi. Hujumchi Shaxrom Samiyev to‘pni darvoza to‘riga mohirlik bilan joylab qo‘ydi. 

78 daqiqada Samiyev dublga erishishi mumkin edi. Uning yo‘llagan zarbasini Loko posboni qaytardi.
85-daqiqada mezbonlar ham o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalanishdi. Sardor Abdunabiyev 100 foizlik imkoniyatdan hisobni qisqartirdi. 
Qolgan daqiqalarda boshqa gol urilmadi.

Shu tariqa, “Andijon” uch ochkoni qo‘lga kiritib, ayni damda turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi. Qayd etish kerak, ayni jamoa “Lokomotiv” maydonida ilk bor 2007 yili g‘alaba qozongan edi. 17 yildan so‘ng Andijonliklar bu natijani takrorlashdi.