“O‘zgidromet”: O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

05.04.2024 00:00 O'zbekiston 4

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra 5-7 aprel kunlari Respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek 8 aprelga qadar tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

1647950340_4-pibig-info-p-dozhd-v-nochnom-gorode-priroda-krasivo-fot-4

Aprel kuniga quyidagi prognoz e'lon qilindi:

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida, kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 18-23° bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-23° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9-14° bo‘ladi.