Toshkent avtobuslarida bir kunda qancha yo‘lovchi tashilishi e’lon qilindi

05.04.2024 00:00 O'zbekiston 4

Toshkent avtobuslarda bir kunda qancha yo‘lovchi tashilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati xabar berdi

0e9b784bf6bcde273db1e9c4cb3f9460

foto: Getty Image

Ma’lum qilinishicha, jamoat transporti (avtobus va elektrobuslarning) kunlik faoliyati 2-aprel holatiga ko‘ra tahlil qilingan. Unga shu kuni ko‘ra, 

  • avtobus yo‘nalishlari soni - 165 ta 
  • yo‘nalishlardagi avotobuslar soni- 1569 ta
  • yo‘lovchilar soni - 1 086 019 ta yo‘lovchi 
  • naqd pul to‘lovi - 39,6 foiz
  • elektron to‘lov- 60,4 foiz
  • qatnovlar soni - 20 986
  • oraliq interval - 8-10 daqiqa bo‘lgan.

Bugungi kunda Toshkent shahrida 5 mln nafar aholi mavjud bo‘lib (doimiy istiqomat qiluvchi – 3,02 mln, kunlik shaharga kelib-ketuvchi – 1,5 mln, vaqtinchalik yashovchi – 0,48 mln), shundan mobil (harakatdagi) aholi soni o‘rtacha 3,5 mln kishini (shundan 1,8 mln ish bilan band aholi, 0,4 mln talabalar, 0,5 mln o‘quvchilar va 0,8 mln boshqalar) tashkil qiladi.

O‘tkazilgan tahlillarga (transport makromodeli) ko‘ra, poytaxtdagi mobil aholining kunlik harakatlanish (qatnov) soni o‘rtacha 9 mlntani tashkil etib, shundan 6 mln qatnov transportda amalga oshiriladi.